BAALBEK

BAALBEK (Arabcha Ba’labakka) — Livandagi shahar, Antilivan tog’i etagida. 18 mingga yaqin kishi yashaydi. Qadimgi Geliopol (miloddan avvalgi 18-asrdan), so’nggi Rim koloniyasi — Yuliya-avgusta-Feliks xarobalari, shuningdek ibodatxonalar va jamoat inshootlari qoldiqlari saqlangan.