BAKTERIOLOGIK LABORATORIYALAR
BAKTERIOLOGIK LABORATORIYALAR — mikrobiologik tekshirish olib boriladigan ilmiyamaliy muassasa. Kasalxonalar huzuridagi diagnostika Bakteriologik laboratoriyalari kasallikni aniqlash uchun zarur tekshirishlar olib boradi. Sanepidstantsiyalar huzuridagi Bakteriologik laboratoriyalar aholini profilaktik tekshirishdan, oziq-ovqatlarni sanitariya-bakteriologik tekshirishdan o’tkazadi. Veterinariya Bakteriologik laboratoriyalari hamda nazorat vazifasini o’taydigan tor ixtisosli Bakteriologik laboratoriyalar ham bo’ladi.
O‘xshash so‘zlar
- BAKTERIOLOGIYA
- Bakteriologiya
- BAKTERIOLOGIK QUROL
- BAKTERIOLOGIK QUROL
- Bakteriolog
- Bakteriologik
- Bakteriologiya
- BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) VA TOKSIN QUROLLARI ISHLAB CHIQARISHNI, ZAXIRALARINI TO’PLASHNI TAQIQLASH VA ULARNI YO’Q QILISH HAQIDAGI KONVENSIYA deganda nimani bilishimiz kerak?






