Baliqshunos dengizda yashovchi jonivorlarni o’rganadi. Buning uchun u baliq tutishi va uni o’ldirib o’rganishi lozim. Yoki suv tagiga tushib, ularning hayotini kuzatishi kerak. Baliqshunosning asosiy quroli tarkibida spirt yoki formalin bo’lgan aralashmali idishdir. Bu aralashmasiz uning tutilgan jonivorlarni o’rganishga vaqti yetmaydi, chunki hayvonlar tez hidlanadi. Baliqshunos aralashma solingan idishdan tashqari baliq va dengiz hayvonlarini tutish uchun traldan ham foydalanadi. Tral to’r konus shaklida bo’lib, kapalak tutadigan matrapga juda o’xshash. Uning mo’l qismi chambarakka bog’lab qo’yiladi, qolgan qismi ortida cho’zilib turadi. Kema suzayotgan payti uning shatak arqoni chambarakka qadaladi, og’ir yuk esa arqonni quyiga tortadi. Suv va baliqlar to’rga uning keng hismidan kiradi. Suv to’rdan o’tib ketadi, baliqlar esa tutilib holadi. Katta va tez suzadigan baliqlarni tutish hamda suvning yengil o’tishi va tral to’rning tez tortilishi uchun to’rni katta ko’zli qilib to’qishadi. Kichik baliqlarni ovlash uchun katak ko’zlarini mayda qilishadi. Baliqshunos yetarlicha baliq ovlanganini his etgach, to’rni tortib chiharadi va tutilgan baliqlarni chodir ustiga to’kadi. Turli-tuman dengiz jonivorlari sanab chiqiladi, tadqiqot uchun keraklarini idishga soladi, qolganlarini yana dengizga qo’yib yuboradi yoki kema oshxonasiga jo’natadi. Ayrim paytlarda tutilgan baliqlarning nobud bo’lganlari bir necha daqiqa o’tgach, rangli suratga olinadi. Bunday qilinishiga sabab, jonsiz baliqning rangi hatto saqlab qolish choralari ko’rilsa-da, tez o’zgaradi. Laboratoriyada har birini alohida o’rganish maqsadida olingan namunalarga ishlov beriladi. Biologlar hayvonlarga ichki tuzilishini o’rganish uchun ishlov berishadi. So’ng ularning farqlanishi va o’xshashligi ajratiladi.