BANK FOIZ STAVKASI

Ma’nosi

BANK FOIZ STAVKASI — bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori, qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Bank foiz stavkasi o’zgaruvchan ko’rsatkich bo’lib, bank ssudasi qarzga bo’lgan muhtojlikka qarab o’zgartiriladi. Bank foiz stavkasi miqdori bank va mijoz o’rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanib, qarzning qaysi tarzda va qanday shartlarda berilishiga bog’liq.

O‘xshash so‘zlar

B harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar