Baxshi

Ma’nosi

Baxshi (mo’g’ulcha va buryatcha baxsha, bag’sha-ustod, ma’rifatchi, sanskritcha, bhikshu-qalandar, darvesh)-1) xalq dostonchisi. Qo’shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi san’atkor. Baxshi so’zi ba’zan shaman ma’nosida ham qo’llanadi. Dostonchilarni esa yuzboshi, soqi, sannovchi, jirov deb ataydilar. Baxshilar, asosan, ikki toifaga — ijrochi va ijodkor Baxshilarga bo’linadi; 2) mo’g’ullar istilosi davrida budda dinidagi qalandarlarni, uyg’ur alifbosi asosida turli hujjatlar tuzuvchi idora xodimlarini, mo’g’ullarda jarrohlarni, Chig’atoy ulusi, Oltin O’rda, Qozon va Qrim xonliklarida kotiblarni, Boburiylar davlatidagi harbiy qismlarning hisob-kitob ishlarini olib boruvchi va ularga maosh to’lovchi yirik amaldorlarni, Buxoro xonligida ma’muriy binolar qurishda mablag’ (sarf xarajat) hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarga urug’ oqsoqollarini ham Baxshi deb atashgan.

O‘xshash so‘zlar

B harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar