Baytqo’rg’on qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Baytqo’rg’on qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Toshkent oblasti Orjonkide rayonida. Baytqo’rg’on toponimining kishilar izohlagandek, bayt, g’azal bilan hech qanday aloqasi yo’q. Bayt so’zi arabcha so’z bo’lib, uy-joy ma’nolarda ham ishlatilgan. Shunday ekan Baytqo’rg’on asli “bayti qo’rg’on”, ya’ni “mustahkamlangan, saqlangan, qo’rg’algan joy” ma’nosidadir.



