BEYRA
BEYRA—Mozambikdagi shahar, Hind okeani sohilida, Pungve daryosi bo’yida joylashgan. Sofala provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 292 ming kishi (1989). Transport yo’llari tuguni. Afrika Sharqiy qirg’og’idagi muhim portlardan biri, mamlakatda Maputudan keyin ahamiyati bo’yicha 2-o’rinda turadi, qo’shni davlatlar (Zimbabve va Malevicha ham xizmat qiladi. Beyra Mutare shahri (Zimbabve)ga boruvchi neft quvurining boshlang’ich punkti. Xalqaro aeroport bor. To’qimachilik, oziq-ovqat (qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va boshqalar), neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan.