BICHER STOU

BICHER STOU (BeecherStowe) Garriet (1811, 14.6, Lichfild 1896, 1. 7, Florida) — amerikalik Adiba. Ijodini lavha yozishdan boshlagan. Bicher Stou nomini jahonga taratgan «Tom tog’aning kulbasi» (1852) romani Amerikada ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlar keskinlashuvi, negrlar qulligiga qarshi kurash ifodasi sifatida dunyoga keldi. Unda quldorlikning mudhish ko’rinishlari zo’r mahorat bilan tasvirlangan. Bicher Stou «Tom tog’aning kulbasiga kalit» (1853) da quldorlik dahshatlari haqidagi hujjatlarni e’lon qiladi. «Dred, la’nati botqoqlik haqida qissa»da (1856) negrlar qulligi masalasini islohotlar bilan hal etib bo’lmasligini ko’rsatadi. Boshqa asarlari ham ijtimoiy masalalarga bagashlangan. «Tom tog’aning kulbasi» asari Sharif Rizo tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (1948).