BICHISH
BICHISH — 1) kiyim tikish uchun gazlamani kishining bo’y bastiga muvofiq qilib (belgilab yoki andaza asosida) qiyib olish. Masalan, do’ppi Bichish — gazlamadan do’ppining tarki va kizaklarini andazaga solib qirqib olish; 2) miskarlik, tunukasozlik kabilarda mis yoki tunuka taxtadan asbob, idish va boshqa qismlarini o’lchab qirqib olish; 3) imorat o’rnini o’lchab, belgilash; 4) axtalash.