BICHURIN NIKITA YAKOVLEVICH

BICHURIN NIKITA YAKOVLEVICH (Iakinf) (1777.29.8, hozirgi Rossiya Federatsiyasining Chuvashiya Muxtor Respublikasi Cheboksari tumani -1853.11.5, Peterburg) — xitoyshunos. Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1828 yildan), 14 yil (1807-21) Pekindagi rus liniy missiyasini boshqargan. Rossiya Tashki ishlar vazirligida tarjimon bo’lib ishlagan. Bichurinning ilmiy ishlari mo’g’ul va turkiyzabon xalqlar tarixi, geografiyasi va etnografiyasiga oid. Uning Turon xalqlari qadimgi tarixiga bag’ishlangan «Qadimgi davrda O’rta Osiyoda yashagan xalklar haqida ma’lumotlar to’plami» nomli uch qismdan iborat asari katta ilmiy qimmatga ega. As: Sobranie svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v Drevnie vremena, t. 13, M.L., 1950-53.