BILIGNOST
BILIGNOST (Bilignostum) — o’t pufagi va o’t yo’llarini rentgenda tekshirib, suratini olish uchun ishlatiladigan kontrast modda. Adipinat va triyodmetaaminobenzoat kislota hosilasi. Oq kristall poroshok, suvda yaxshi eriydi. Tarkibida yod ko’pligiga karamay, uncha zaharli emas. Organizm yodga ortiqcha sezgir bo’lganda, jigar faoliyati izdan chiqqanda, Bazedov kasalligi avj olganda Bilignostni ishlatish yaramaydi.