BILIVERDIN
BILIVERDIN — 1 LOT. bills o’t (safro) va Fransuz vert (ved) — yashil] — o’t (safro) pigmentlaridan biri; yashil kristall modda, umurtqali hayvonlar jigari, talog’i va ko’migining makrofaglarida gemoglobin parchalanishidan verdoglobin hosil bo’ladi, bu modda parchalanganda esa globin, temir va Biliverdin ajralib chiqadi. Biliverdin qaytarilganda bilirubin hosil bo’ladi. Umurtqasiz hayvonlar (chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar)da ham Biliverdin topilgan.