BIOLOGIK HIMOYA USULI

BIOLOGIK HIMOYA USULI — (o’simliklarni himoya qilishda)— zararkunanda hasharotlarni yo’q qilish yoki ularning sonini qishloq xo’jaligiga sezilmaydigan darajagacha kamaytirishda tirik organizmlardan foydalanish. bu usulning mohiyati qishloq xo’jalik ekinlari chararkunandalari bilan ularning parazitlari hamda yirtqichlari (ayniqsa, hasharotlar va kanalar bilan), shuningdek bakterial, zamburug’li, virusli va aralash kasalliklarni qo’zg’atuvchilari o’rtasi» dagi tabiiy antagonistik qarama-qarshilikdan maqsadga muvofiq foydalanishdan iborat. Biologik himoya usulini ishlab chiqish va tatbiq qilish quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi: akarifag va mikroorganizmlar tabiiy populyatsiyalarining foydali faoliyatini o’rganish va undan foydalanish; foydali organizmlarni saqlash, ular sonini ko’paytirish va ta’sir samarasini oshirish sharoitlarini aniqlash; yirtqich va parazit hasharotlar hamda kanalarning yangi turlarini iqlimlashtirish; foydali organizmlarni yashash areali ichida ko’chirish; entomofaglar va akarifaglarni ko’p miqdorda sun’iy ko’paytirish va tabiatga qo’yib yuborish (mavsumiy tarqatish); mikrobiologik preparatlarni qo’llash. Fiziologiya, ekologiya, biokimyo, genetikaza mikrobiologiya sohasidagi tadqiqotlar Biologik himoya usulining feromonlar va gormonlar, nur bilan hamda kimyoviy sterillash (bepusht qilish), duragaylash, antibiotiklar va boshqalardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan yangi istiqbolli yo’nalishlarini belgilab berdi. Bir organizmga qarshi kurashda boshqasidan foydalanishga qadimdan urinib kelingan. Masalan, Qadimgi Xitoyda tsitrus o’simliklari zararkunandalariga qarshi yirtqich chumolilarni qo’llash sohasida muvaffaqiyatli tajribalar o’tkazilgan. O’zbekistonda Biologik himoya usuli rivojiga V. V. Yaxontov, P. P. Bogush, V. P. Nevskiy, A. N. Lujeskiy, M. N. Narziqulov, F. M. Uspenskiy va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Biologik himoya usulida samarali natija beradigan entomofaglardan— afelinus, psevdafikus, rodoliya, kriptolemus qonli bit va cherveslarga, telenomus xasvaga, trixogramma kuzgi tunlam, g’o’za tunlami va boshqa zararkunandalarga qarshi iqlimlashtirildi. Biologik himoya usulining nazariy va amaliy sohasida erishilgan yutuqlar bu vositalar (masalan, afelinus, psevdafikus, trixogramma, gabrobrakon, fitoseyulyus, dendrobasillin, entobakterin, bitoksibasillin va boshqalar) turini ko’paytirish hamda ularni qo’llash hajmini oshirish imkonini berdi. Entomofaglar sistematikasi, ular tarqalishini o’rganish hamda Biologik himoya usulining nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan tadqiqotlar O’zbekiston Fanlar Akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. 2000 yilda O’zbekistonda 5,079 million gektar maydonda (qayta ishlov berish hisobi bilan) zararkunanda hasharotlarga qarshi Biologik himoya usuli qo’llanildi. Respublika qishloq xo’jaligida Biologik himoya usulini qo’llash bo’yicha jahonda oldingi o’rinlarni egallaydi. Ad: trixogrammani urchitish, saqlash va qo’llash [professor X.H. Kimsanboyev tahriri ostida]. T., 1999; yirtqich gallisa afididizi pashshasini urchitish va qo’llash. T., 1999. Zohid Odilov, Mahmudjon Yunusov.