BIPLAN
BIPLAN (Fransuzcha biplan, bi… va lotincha planum — tekislik) — qanotlari ostma-ust qilib ishlangan qo’sh qanotli samolyot. Boshqa xil samolyotlarga qaraganda ancha ixcham; qanoti puxta va bikr. Ro’para qarshiligi katta bo’lganligidan tez ucha olmasligi (tezligi 100 kilometr/soatdan kamligi) Biplanning asosiy kamchiligidir. Biplan 30-yillargacha o’quv maqsadlarida, kiruvchilik va razvedka maqsadlarida ishlatilgan. Keyinchalik Biplan o’rnini tezroq uchadigan monoplan egalladi. Lekin qishloq xo’jalik yumushlari va sportchilar uchun tezroq uchadigan Biplanlar hozir ham quriladi.