BIR AS-SABA

BIR AS-SABA, Beer Sheva — Falastindagi shahar, Iordan daryosining g’arbiy sohilida. Aholisi 114 ming kishi (1990). Negev cho’lidagi savdo transport markazi. Yig’ma uylar, keramika, oyna-shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Kimyo, yog’ochsozlik sanoati korxonalari bor. Shahar miloddan avvalgi 4-asrdan ma’lum. 3-4-asrlarda qurilgan qadimgi Rim qal’asi qoldiqlari saqlangan.