BISHOFIT

BISHOFIT (nemis olimi G. Bishof familiyasidan) — galogenidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi MgCL26H,O. Qo’shimchalari Vg (1% gacha). Monoklin singoniyali. Oq donador yoki tolasimon agregatlar. Gigroskolik. Ta’mi o’tkir-achchiq. Magniy va uning birikmalari olinadigan xom ashyo. Tibbiyotda qo’llaniladi.