BIYURG’UN
BIYURG’UN (Anabasis salsa) — sho’radoshlar oilasiga mansub past bo’yli (5-25 santimetr), sershox yarim buta. Barglari mayda (2-5 millimetr), qalin. Asosan, taqir, sho’r va sho’rxok cho’llarda o’sadi, iyulda gullaydi, urug’i sentabrda pishadi. Biyurg’unda 1,22% cha alkaloid, 7-9% oksalat kislota, 1,38% sirka kislota, ishqor moddalari bor. Kech kuz va qish oylarida tuya, qo’y, echki va ot uchun yaxshi ozuqa bo’ladi.