BLANSHIRLASH
BLANSHIRLASH (Fransuzcha blancher oqartirish, oqarguncha yuvish) — 1) konserva sanoatida ho’l meva va sabzavotlarning pusti va ustki qatlamini yumshatish, rangini saqlash maqsadlarida qaynoq suv (97-98°) yoki bug’ bilan qisqa muddatli ishlov berish. Bunda sabzavotlarning taxiri yo’qoladi; sabzi, bulg’or qalampiri kabi qattiq sabzavotlar va mevalar yumshab, konservalanadigan holga keladi. Mayiz solishda uzum maxsus savatlarda kaynoq suvga botirib olinadi. Blanshirlash maxsus mashinada yoki katta qozonlarda bajariladi; 2) ko’n sanoatida terining ichki tomonini mashinada qisman yoki butunlay qirish; 3) pazandachilikda masalliqni bug’lash yoki qaynoq suvga botirib olish.