BLANTAYRLIMBE
BLANTAYRLIMBE (Blantyre Limbe), Blantayr —Malavijandagi shahar. Aholisi 400 ming kishidan ortiq. Temir yo’l orqali Beyra (Mozambik) porti bilan bog’langan. Xalqaro aeroporti bor. Mamlakatning muhim sanoat va savdo markazi. Oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor, tsement zavodi, tamaki, tikuvchilik fkalari ishlab turibdi. Milliy muzey mavjud. Tamaki kim oshdi savdosi (auktsion) o’tkaziladi.