BOGDANOV NIKOLAY DMITRIYEVICH

BOGDANOV NIKOLAY DMITRIYEVICH (1920.27.4, Dnepropetrovsk viloyati Lyubimovka qishlog’i — 1945.31.1, Lvov) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Toshkentda chizmachi bo’lib ishlagan. 1941 yil iyuldan frontda. 34-gvardiyachi artilleriya polkida divizion komandir bo’lgan. Bogdanov 1943 yil 12-14 sentabrdagi janglarda o’z artilleriyasi bilan o’qchi qismlari tomonidan dushmanning Komarov Kavaev Lashovka qishloqlaridagi tayanch punktlarini egallashlarida yordam bergan. 1943 yil 16 oktabrda qahramon unvoniga sazovor bo’lgan.