BOLQURAY
BOLQURAY (Dorema sabulosum Litv.) — soyaziradoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t, ildizi turpga o’xshab yo’g’onlashgan bo’ladi. Qizilqumdagi qumloq erlarda o’sadi. Poyasi va ildizi sutli. Sutida efir moyi, smola va kamed (yelim) bor. Balg’am ko’chiruvchi va siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi.
O‘xshash so‘zlar
- BOLSHEVIKLAR
- BOLSMAN (BOLTZMANN) LYUDVIG
- BOLSMAN DOIMIYSI
- BOLSMAN KINETIK TENGLAMASI
- BOLSMAN PRINTSIPI
- BOLSMAN STATISTIKASI
- BOLSMAN TAQSIMOTI
- Bolt






