BO’LUK

BO’LUK — buluk: 1) mo’g’ullar istilosi davrida (13-asr) paydo bo’lgan ma’muriy-hududiy birlik; shahar atrofidagi shaharga tobe rayonlarga bo’lingan, tumandan kichik bo’lgan. Tumanlarga bo’lingan viloyatlar, odatda, Bo’luklarga taqsimlanmagan. Bo’lukdan to’plangan soliq va jarimalar oliy hukmdor (xon, podshoh) ning shaxsiy xazinasiga tushgan. Bo’luk Xurosonda ma’muriy termin sifatida 19-asrgacha ishlatilgan. 2) O’rta asrlarda Turkiyada harbiy qism.