BOSHQIRD TILI
BOSHQIRD TILI — boshqird xalqining tili. Turkiy tillar g’arbiy tarmog’ining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 millionga yaqin kishi so’zlashadi (1992). Ikkita asosiy — Janub (yurmata) va Sharqiy (quvaqan) shevasi bor. Boshqird tili turkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz jihatdan va qisman grammatik tomondan farqlanadi. Boshqird tilining fonetik o’ziga xos jihatlari quyidagicha: 1) umumturkiy e, o, va v tovushlar i, u, ch tarzida talaffuz etiladi; 2) lablashgan a mavjud (tatar tilida ham shunday); 3) umumturkiy s, z tovushlari qattiqroq — 9 va z talaffuz etiladi; 4) h tovushi mavjud, bu suz boshida umumturkiy s ga to’g’ri keladi (masalan, tatarcha so’ylam ho’ylam); 5) Boshqird tilidagi s umumturkiy ch ga mos keladi; 6) to’la shakllanmagan unlilar — i, yo, e, v (i, e, o, v) mavjud. Yozuvi Arab (1929 yilgacha), lotin (1929— 39) va kirillitsa (1940 yildan) alifbolari asosida.
O‘xshash so‘zlar
- BOSHQIRD
- BOSHQIRDLAR
- BOSHQIRDISTON
- BOSHQIRD YARUSI
- BOSHQIRD OT ZOTI
- BOSHQIZILSOY RASMLARI
- BOSHQIRD QO’ZG’OLONLARI
- BOSHQIRD MISHAR QO’SHINI






