BOSHTUTSOY
BOSHTUTSOY — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Baxiltog’ning Janub yon bag’ridan, 1600 metr balandlikdan Oqqoyasoy nomi bilan boshlanadi. Boshtutsoy dastlabki 5 kilometrda Janubi g’arbga, keyin shimoli g’arbga oqib Bo’baksoyga quyiladi. Uzunligi 21 kilometr, havzasining maydoni 40 kilometr kvadrat. Yog’ingarchilik paytidagina suv oqadi, boshqa vaqtlarda esa u yerning yerida buloqlar sizib turadi.
O‘xshash so‘zlar
- BOSHTUZI
- BOSIM
- BOSIM AKKUMULYATORI
- BOSIM BILAN ISHLOV BERISH
- BOSIM DATCHIGI
- BOSIM OSTIDA QUYISH
- BOSIMLI YER OSTI SUVI
- BOSINQIRASH











