BOSM
BOSMA—kashtado’zlikning chok turi. Mato ustiga ipni to’g’ri yoki qiya to’shab, ustidan 3 millimetrli qiya choklar bilan tikib chiqiladi. Bunda ip avval o’ngdan chapga to’shalib, ustidan chapdan o’ngta tomon chok bostirib matoga mustahkamlanib chiqiladi; shu tariqa mato yuzasi sidirg’a qoplanadi. Bosma chokining tashqi ko’rinishdan bir-biridan farq qiladigan bir necha xillari (kandaxayol, chindaxayol va boshqalar) bor. Yirik kashtalar (palak, so’zana, choyshab, kirpech va boshqalar) va naqsh gullarini yaxlit kashta bilan to’ldirish maqsadida yuzaga kelgan. Toshkent, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand va boshqalarda «dol» deb ataladi; 2) kulollikda buyumlarni bezashda (yog’och yoki rezinka, qadimda qovoq, turp, sabzi va boshqalardan yudduz, doira, nuqta shaklida o’yib tayyorlangan), matoga gul bosishda (yog’och) qo’llaniladigan gul qoliplar yordamida tushiriladi; 3) zargarlikda qolipaki usulida yasalgan yoki bezalgan buyumlar; 4) araqi ko’rinishidagi ingichka va yupqa taxtachalar; me’moriy bezakda taxtalar chokini berkitish uchun qo’llaniladi. Yuzasi o’yma va bo’yama naqshlar bilan bezatilishi mumkin; chaspakning bir turi.