BOYMURODOV MA’MUR

BOYMURODOV MA’MUR (1942, Koson tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1993). Qarshi pedagogika institutining geografiya fakultetini tugatgan (1968). 1968 yildan Koson tumanidagi 62-maktabning geografiya o’qituvchisi. Boymurodov geografiya fanini chuqurlashtirilgan dastur asosida o’qitib, o’quvchilarning ma’naviy tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi, boy milliy qadriyatlarni ularga singdirishda dars va darsdan tashqari tadbirlardan unumli foydalanadi.