BOYXALCHA
BOYXALCHA (Leontice albert: Reyel) zirkdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik, tugunak ildizli o’t. Poyasi bitta yoki bir nechta, bo’yi 20-30 santimetr. Bargi uch qo’shaloq, har biri uzun bandli, yaprog’i panjasimon kirqilgan. Guli sariq, to’pguli — shingil. Boyxalcha yerdan qor ketishi bilanoq ko’karib chiqib gullaydi. Tog’li rayonlardagi butazor va daraxtzorlarda ko’llab o’sadi, gullaganda o’ziga xos go’zal manzara kasb etadi. Poya va barglarida alkaloidlar, tugunak ildizida saponin bor.