BRAUNIT
BRAUNIT (19-asr nemis olimi M. Braun nomidan) — murakkab oksidlar sinfiga mansub mineral. Kvadrat sistemada kristallanadi. Ko’pincha donador agregatlar uyumi ko’rinishida uchraydi. Rangi qoraqo’ng’ir yoki kulrang. Yarim metallsimon yaltiraydi. Qattiqligi 6— 6,5. Sof og’irligi 4,7—4,9. Ba’zan suet magnitlangan ham bo’ladi. Gidrotermal yertomirlarda, kontakt — isgamorfik jinslarda uchraydi. Yirik ruda konlari marganes oksidiga boy regional va kontakt — metamorfik cho’kindi qatlamlardau chraydi. Braunit beqaror, tezda psilomelan va pirolyuzitga aylanadi. Braunit — muhim marganes rudasi. Yirik konlari Hindistonda bor, O’zbekiston va Qozog’istonda ham topilgan.