BRAUNSHVEYG
BRAUNSHVEYG — Germaniyaning Quyi Saksoniya yeridagi shahar. Oker daryosi bo’yidagi port. Aholisi 259 ming kishi (1992). Temir yo’l tuguni. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, avtomobilsozlik (yengil va yuk mashinalari, avtobuslar). Musiqa asboblari ishlab chiqariladi. To’qimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. 12-asrda qurilgan sobor saqlangan. Shaharga 11-asrda asos solingan.
O‘xshash so‘zlar
- BRAVE PANJARALARI
- BRAXI …
- BRAXIKEFALIYA
- BRAYL SHRIFTI
- BRAZILIYA
- BRAZILIYA OQIMI
- BRAZILIYA YASSI TOG’LIGI
- BRAZILLAR

