BUG’DOY TRIPSI

BUG’DOY TRIPSI (Haplothris tritici Kurd.) — tripslar turkumiga mansub hasharot. Bug’doy tripsining bo’yi 1,5—2 millimetr. Lichinkasi tuproqda qishlaydi. Aprelda voyaga yetadi. Erta bahorda harorat 8— 10° ga yetganda barg qo’ltiqlarida oziqlana boshlaydi, barg qo’ltig’iga kirib olib, yuqoriga ko’tariladi va barg uchi shirasini so’radi. Natijada barg uchidan quriydi, boshoq normal rivojlanmaydi. Odatda, Bug’doy tripsi barg tomirlari bo’ylab g’uj bo’lib yotadi. Tuxumini boshoqqa yoki undagi qiltiqlarga bittadan yoki to’pto’p qilib qo’yadi. Bug’doy tripsini yo’qotish uchun hosil yig’ib olingandan keyin bug’doypoyani sug’orish va yerni haydash tavsiya qilinadi.