Bukolik she’riyat nima?

Cho’poniy she’riyatni ba’zan bukolik she’riyat deb ataydilar. Yunoncha «bicolos» — cho’pon degani. Uning asosida xalq cho’poniy qo’shiqlari yotadi. Bu janr qadimgi Yunoniston folkloridayoq vujudga kelgan va ellinizm va Rim davrlari she’riyatida ancha-muncha ommalashib ketgan edi. Gekzametr bilan qisha hikoya yoki dialog shaklida yozilgan aytarli katta bo’lmagan she’rlar his-tuyg’ular tavsifini yoki tabiat chiroyini madh etishni o’zida mujassam etgan. Dialog she’riy mushoira tamoyili asosida qurilgan bo’lib, unda ishtirokchilardan har biri serjilolik va ifodalilik bobida boshqasidan o’zib ketishga intilar edi. Bukolik she’riyat adabiy janr sifatida faqatgina yunon shoiri Feokrit ijodida paydo bo’ldi (miloddan avvalgi IV asr oxirlari), shunday bo’lsa-da unga qadar ham ba’zi mualliflarda cho’poniy she’riyat unsurlari uchrardi (masalan, cho’pon Dafnis timsolini yaratgan Stesixorda). Odatda cho’poniy she’riyat mualliflari yunon akobirlarining namoyondalari bo’lishgan. Chunki u shaharlar aholisi jadal ko’payib borgan davrda paydo bo’lgan va qishloq hayotining oddiyligi va uning tabiatga yaqinligini qo’msash hissiyotlarini aks ettirar edi-da. Yurish-turishning buningdek tariqasini hamma qabul qilgan edi. Shu boisdan, masalan, Feokritning «idilliya»lari — «osuda damlar»da oddiy qishloq hayoti qo’y-qo’zi bo’lib yuruvchi cho’ponlar timsolida tasvirlab beriladi. Urushlar va mojarolar bo’lmaydigan shartli bo’rttirma vaziyat voqealar o’rni sanaladi. Feokrit yaratgan janr idilliyalar — osuda damlar nomini oldi. Rim cho’poniy she’riyati antik davrning yirik shoiri Vergiliy nomi orqali namoyon bo’ladi. O’zining «Eklogika» (tanlangan ma’nosida) yoki «bukolika»sida u ham g’oyatda shartli cho’poniy dunyoni tasvirlaydi. Biroq Vergiliy nainkim o’zi to’qigan oliymaqom sevgi dunyosini tasvirlaydi, uning she’riyati ta’sirchan, zamonaga nisbatan ishoraga to’la, ba’zi joylarda hattoki kinoyalidir. Shartli dunyo orqali shoir o’z davrining o’zini ham, shuningdek zamondoshlarini ham to’lqinlantirgan ijtimoiy muammolarini bayon etadi. Cho’poniy she’riyatning keyingi rivojlanishi ham maroqli. O’rta asrlarda u tag’in turli mamlakatlarning folklori bilan birlashadi, natijada pastorella — XII — XIII asrlar she’riyatining ishq-muhabbat janri paydo bo’ladi. Yevropa adabiyotlarida cho’poniy she’riyat asosida pastoral tug’ildi (asosan XVII—XVIII asrlar she’riyati va dramaturgiyasida, chunki o’sha kezlar ensiklopedistlar-ma’rifatparvarlarning g’oyalari ta’siri ostida pokizalik va uyg’unlik timsoli sifatida tabiat bag’riga qaytish zarurati haqida tasavvur qayta jonlangan edi). Undagi shakl ham, motivlar ham antik cho’poniy she’riyatdan o’zlashtirilgan edi.