BUXAREST SULHI
BUXAREST SULHI (1812.28.5, Buxarest) — 1806—12 yillardagi Rossiya-Turkiya urushiga yakun yasagan sulh. Unga binoan Bessarabiya va Zakavkazening bir necha viloyatlari Rossiyaga o’tdi. Buxarest sulhi Moldaviya va Valaxiyaning imtiyozlarini tasdiqladi. Serbiyaning ichki o’zini-o’zi boshqaruvini hamda Rossiyaning Turkiyada yashovchi xristianlarga homiylik huquqini ta’minladi. Napoleon I Rossiyaga bostirib kirishi arafasida M. I. Kutuzov imzolagan Buxarest sulhi uning Janub chegaralari xavfsizligini ta’min etdi.