BUXAREST TINCHLIK SHARTNOMASI

BUXAREST TINCHLIK SHARTNOMASI 1) 1913 yilda tuzilib, 2-bolqon urushiga yakun yasagan sulh; 2) bir tomondan, Germaniya, Avstriya Vengriya, Bolgariya va Turkiya, 2-tomondan Ruminiya o’rtasida 1918 yilda tuzilgan sulh. Ruminiya Avstriya-Vengriyaga chegara uchastkalarini (taxminan 6 ming kvadrat kilometr) berdi, Janubiy Dobrujani Bolgariyaga qaytardi (Shim. Dobruja ustidan Germaniya boshliq blokning kondominimumi o’rnatildi). Buxarest tinchlik shartnomasi (1918) Versal sulh shartnomasi (1919) bilan bekor qilindi.