BUXENVALD

BUXENVALD (Buchenwald) — nemis-fashistlarning Veymar shahri. (Sharqiy Germaniya) yaqinidagi konslageri (1937-45). Dastlab Ettersberg deb atalgan. 8 yil ichida 239 mingga yaqin kishi Buxenvald mahbusi bo’lgan. Urush yillarida Buxenvaldda 18 millatga mansub 56 ming mahbus qatl etilgan. 1958 yil Buxenvald lageri o’rnida memorial kompleks ochilgan.