BUXGOLS EKSPEDITSIYASI

BUXGOLS EKSPEDITSIYASI — Turkistonga josuslik maqsadida yuborilgan harbiy ekspeditsiya. Petr I ning 1714 yil 22 may farmoni bilan tuzilgan. 1715 yil Tobolskdan chiqib, Irtish daryosining yuqori oqimi bo’ylab yo’l olgan 60 kema va 3 ming kishidan iborat ekspeditsiyaga rus ofitseri I. D. Buxgols rahbarlik qilgan. Uning maqsadi Irtish daryosi bo’yiga qal’a qurish, Amudaryodagi oltin sochmalarni tekshirish va daryoning dengizga quyiladigan yerini aniqlash va tadqiq etishdan iborat bo’lgan. Ekspeditsiya 1715 yil oktabrda Yamishevo ko’liga etib borib, uning qirg’og’ida qal’a qurishga kirishgan. 1716 yil Fevralda 10 ming kishilik qalmoqlar qo’shini Buxgalteriya ekspeditsiyasiga qo’qqisdan hujum qilgan. Uch oylik qamal va qal’ada yuqumli kasallik tarqalganidan so’ng, Buxgols omon qolgan qo’shini (700 kishi) bilan 1716 yil oxirida Tobolskka qaytib ketgan.