BUXORIY UBAYDULLOH IBN MAS’UD IBN UMAR TOJ ASHSHAR’IA AL BUXORIY

BUXORIY UBAYDULLOH IBN MAS’UD IBN UMAR TOJ ASHSHAR’IA AL BUXORIY (?, Buxoro — 1346) — qomusiy olim. Hirotda ijod qilgan. Buxoriydan matematikaga doir «Algebraik masalalar» («Masoil aljabriya»), «hHisob», «Meros taqsimlash haqida fan» («Ta’limi faroiz») nomli asarlar qolgan. Buxoriyning qomusiy asarlaridan «Qisqa kafolatni tozalash» (“Annuqayamuxtasar alviqaya») diqqatga sazovor. Buxoriy Ali Farg’oniy marg’iloniy (?— 1197)ning «Rahbarlik masalalarida kafolat haqida hikoya» («Viqaya arrivaya Fi masoil alhidaya») deb ataluvchi asarini qisqacha va tushunarli bayon etgan. Buxoriy asarlari Angliya, Vengriya, Germaniya, Tojikiston va O’zbekiston qo’lyozmalar fondlarida saqlanadi.