BUXNER

BUXNER (Buchner) Eduard (1860.20.5, Myunxen — 1917.13.8, Fokshani, Ruminiya) — nemis kimyogari, Kil, Tyubingen, Breslavl, Vyursburg universitetlari professor (1893-1911). 1889 yilda pirazolni kashf etgan. 1897 yilda achish jarayonini faqat zamburug’lar ishtirokida emas, balki ulardan ajratib olingan fermentlar yordamida ham amalga oshirish mumkinligini aniqlagan. Shu asosda keyinchalik boshqa mikroorganizmlardan sut kislotali, shuningdek sirka kislotali bijg’ishni keltirib chiqaradigan shira olishga muvaffaq bo’lindi. Nobel mukofoti laureati (1907).