BUXORIY MIRZO SHAMS

BUXORIY MIRZO SHAMS (1804-?) tarixnavis olim; saroy munshiylari avlodidan. Buxoriy o’z ajdodlari izidan borib, Buxoro amiri saroyida munshiylik qilgan. 1845 yil u Makkaga hajga ketib, u yerdan 1849 yil qaytib kelgan, 1859 yil esa Orenburgga tijorat ishlari bilan borganda sharqshunos V. V. Grigorev unga Buxoro va Qashqar xususida tarixiy asar yozishni maslahat bergan. Shunga ko’ra Buxoriy «Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xo’qand va Qoshg’ar» («Buxoro, Qo’qon va Qashqarning ayrim voqea hodisalari bayoni») kitobini bitgan. Farhod Qosimov.