BUXAREST UNIVERSITETI

BUXAREST UNIVERSITETI — Ruminiyadagi eng yirik universitetlardan biri. 1864 yil bir necha kollejlarning birlashuvi natijasida davlat oliy o’quv yurti sifatida tashkil etilgan. Buxarest universiteti biologiya, geologiya, geografiya, tarix, german tillari, slavyan, roman va Sharq tillari, rumin tili va adabiyoti, fizika, matemtika, kimyo, falsafa, huquqshunoslik bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 7 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Kutubxonasida 1,5 milliondan ortiq asar saqlanadi.