BUXARIN NIKOLAY IVANOVICH

BUXARIN NIKOLAY IVANOVICH (1888- 1938) — siyosiy arbob, akademik (1928). Rossiyadagi 1905-07 va 1917 yilgi (oktabr) inqiloblar ishtirokchisi. 1917-18 yillarda «so’l kommunistlar» yetakchisi. 1918-29 yillarda «Pravda», 1934-37 yillarda «Izvestiya» gazetalari muharriri. 1917— 34 yillarda partiya MK a’zosi (1934-37 yillarda a’zolikka nomzod). 1924-29 yillarda MK siyosiy byurosi a’zosi. 20-yillar oxirida qishloq xo’jaligini jamoalashtirish va industriyalashni o’tkazishda favqulodda choralar qo’llanilishiga qarshi chiqdi, bu esa «VKP(b)da o’ng og’machilik» deb e’lon qilindi. Buxarin falsafa va siyosiy iqtisod fanlari buyicha asarlar muallifi. 1938 yil mart oyida sovetlarga qarshi «o’ng Troskiychi blok» deb atalgan ish buyicha qatag’on qilingan, o’limidan keyin oqlangan (1988).