BUXGALTERIYA HISOBINING OBYEKTLARI

Ma’nosi

BUXGALTERIYA HISOBINING OBYEKTLARI — muayyan korxona ega bo’lgan moddiy va pul mablag’lari, uning boshqa tashkilotlar va muassasalar bilan bo’lgan yuridik munosabatlari, shuningdek, mablag’lar hamda munosabatlarni o’zgartiradigan xo’jalik operatsiyalari tushuniladi. Korxonaning moddiy va pul qiymatliklari o’z faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mablag’larini ifodalaydi.Xo’jalik muomalalari esa ishlab chiqarishning mazmunini ifodalovchi jarayonlarni tashkil qiladi.

O‘xshash so‘zlar

B harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar