BUXORO AMIRLIGI

BUXORO AMIRLIGI — Buxoro xonligining 1753 yildan keyingi nomi; Ashtarxoniylar o’rniga kelgan mang’itlar sulolasi vakillari o’zlarini Amir deb atashgan. Shunga ko’ra, davlat Buxoro amirligi deb atala boshlangan. 1920 yil Buxoro bosqini natijasida tugatilgan.