Buyuk sfinks qachon qurilgan edi?

Dunyoning qadimgi tsivilizasiyalaridan bizga qadar etib kelgan eng mo’tabar mo’jizalaridan biri — Misrning G’iza shahridagi Buyuk Sfinksdir. Sfinks, — bu, kallasi odamzotniki va tanasi asrlonniki bo’lgan asotiriy maxluhot. Sfinks, Misrning qadimiy dinida ibodat sohasi-predmeti bo’lgan. Bir talay sfinkslar bunyod etilgan, ammo eng mashhuri va qadimiysi — Buyuk Sfinksdir. Bu Sfinks miloddan avvalgi XXVI asrda qurilgan edi. Sfinksning yuzi kishilar unga Sfinks qiyofasida ham sajda qilishlari uchun o’sha pallalarda hukmronlik qilgan Fir’avn Kafrning siymosi jihatlariga ega bo’lgan. U yirik xarsangtoshdan kattakon tosh konining markazida taroshlangan edi. Tanasi va kallasi yaxlit xarsangtoshdan taroshlangan, oldinga uzatilgan changallari esa g’ishtdan qo’shimcha terilgan. Figurasi dastlab rangli emal bilan qoplangan edi. Hozirda faqat undan izlargina qolgan xolos. Garchi biz hali ham sfinksga boqishimiz va undan zavqlanishimiz muqarrar bo’lsa-da, u hozirgi paytda ilgariga qaraganda tamomila boshqacha, chunki tarixiy yodgorlik juda ko’p vayronagarchiliklarga duchor bo’lgan. Qum to’zonlar salmoqli zararlarga olib keldi, butun figura bo’ylab yoriqlar paydo bo’ldi. Sfinks kishilar tomonidan vayron etilgan. Binobarin 1380 yilda Misr hukmdori Sfinksga katta ziyon-zahmat etkazdi. Bir zamonlar esa yodgorlikdan miltihdan o’q uzish maqsadida nishon sifatida ham foydalanishgan. Buyuk Sfinksning balandligi 20 m ga va uzunligi 73 m ga yetadi. Burni 170 sm, dahani 231 sm uzunlikda, yuzi esa 417 sm kenglikdadir.