BXAVNAGAR

BXAVNAGAR — Hindiston g’arbidagi shahar, Katxiyavar yarim orolida, Gujarot shtatida. Aholisi 401 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Kambey qo’ltig’idagi port. To’qimachilik, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari bor. Bxavnagar yaqinidan tuz olinadi. Shaharga 1723 yilda asos solingan.