ANGKOR

ANGKOR — Kambodja (Siyom Reap shahri yaqini)dagi hashamatli saroy, ibodatxona, suv ombori va kanallardan iborat majmua. 9-13-asrlarda qurilgan (hozir tarixiy muzey — qo’riqxona). Kambodja poytaxtidagi qad. shahar xarobasini o’z ichiga … Read More

ANGISHVONAGUL

ANGISHVONAGUL, o’ymoqgul (Digitalis) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub ikki yillik va ko’p yillik o’tlar turkumi. Yevropa va Osiyoda 25 ga yaqin turi bor. Barchasi zaharli. Angishvonagulning poyasi tikka(uzunligi 40— 150 santimetr), … Read More

ANGISHVONA

ANGISHVONA (forscha angusht — barmoq, vona — saqlovchi) — ish tikishda barmoq uchiga kiyiladigan metall g’ilof; Angishvonaning yon va ustki yuzalarida ignaning keti qadaladigan (toyib ketmasligi uchun) chuqurchalar bo’ladi. Kiyimkechak, … Read More

ANGIOTENZIN

ANGIOTENZIN, angiotonin, gipertenzin — biologik faol modda; kimyoviy tuzilishiga ko’ra peptid; qon tomirlarni toraytirib, arterial bosimni oshiradi, organizmdagi suv-tuz almashinuvini boshqaradi, aldosteron, prostaglandinlar va boshqa gormonlar hosil bo’lishiga xizmat qiladi. … Read More

ANGIOSTOMIYA

ANGIOSTOMIYA (angio… va Yunoncha stoma — teshik), vazostomiya — qon oqishini kuzatish va zaruriyat bo’lganda qon olib, uning tarkibini aniqlash maqsadida tomirlarga maxsus nay — fistula qo’yish usuli. Nay ichiga … Read More

ANGIOSPAZM

ANGIOSPAZM (angio… va Yunoncha spasmos — tortaman) — mayda arteriyalar, arteriolalar va kapillyarlarning torayishi (spazmi). Tomir muskul qavatining qisqarishi oqibatida ro’y beradi. Natijada to’qima va a’zolarga qon kam keladi va … Read More

ANGIONEVROZ

ANGIONEVROZ (angio… va nevroz) — qon tomirlarni harakatlantiruvchi nervlar funktsiyasining buzilishi. Angionevrozda teri to’satdan oqaradi yoki qizaradi, shishadi, terlaydi, qiziydi va boshqalar. Spastik o’zgarishlar kuzatiladi. Nevroz va psixozlarda kuzatiladi.

ANGIOMA

ANGIOMA (angio… va Yunoncha ota — o’sma) — qon yoki limfa tomirlarida paydo bo’ladigan xavfsiz o’sma. Odatda, bolaning ona qornidagi davrida tomirlarning noto’g’ri o’sishidan vujudga keladi. Ko’pincha terida (yuz yoki … Read More

ANGIOLOGIYA

ANGIOLOGIYA (angio… va Yunoncha logos — fan) — anatomiya va klinik tibbiyotning bir bo’limi; qon tomirlar (arteriyalar, venalar, kapillyarlar) hamda limfa tomirlari va ularning kasalliklarini o’rganadi.