ANGIOTENZIN

Ma’nosi

ANGIOTENZIN, angiotonin, gipertenzin — biologik faol modda; kimyoviy tuzilishiga ko’ra peptid; qon tomirlarni toraytirib, arterial bosimni oshiradi, organizmdagi suv-tuz almashinuvini boshqaradi, aldosteron, prostaglandinlar va boshqa gormonlar hosil bo’lishiga xizmat qiladi. Angitenzin polipeptid bo’lib, bir necha aminokislotadan iborat. Qon plazmasidagi angiotenzinogendan hosil bo’ladi. Renin-angiotenzin sistemasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tabiiy Angitenzindan qrlishmaydigan analoglari sintez qilingan.

O‘xshash so‘zlar

A harfi: barcha so‘zlar