ANGISHVONA
ANGISHVONA (forscha angusht — barmoq, vona — saqlovchi) — ish tikishda barmoq uchiga kiyiladigan metall g’ilof; Angishvonaning yon va ustki yuzalarida ignaning keti qadaladigan (toyib ketmasligi uchun) chuqurchalar bo’ladi. Kiyimkechak, ko’rpa-yostiq tikishda barmoqlarga igna sanchilmasligi va ignani qalinroq gazlamadan o’tkazishda ishlatiladi. Qadimda Angishvona charmdan ham yasalgan.
O‘xshash so‘zlar
- ANGISHVONAGUL
- Angishvona qachon paydo bo’lgan?
- Angishvonagul
- ANGKOR
- ANGLER (ANGEL) QORAMOL ZOTI
- ANGLEZIT
- ANGLIKAN CHERKOVI
- ANGLIYA











