ALTAMIRA

ALTAMIRA — Ispaniyaning Santander viloyatidagi qoyatosh rasmlari saqlangan g’or. 1875 yildan ispan arxeologi Marselino Sautuola topib o’rgangan. G’orda rang-barang bo’yoqpar bilan ishlangan hayvonlar (yovvoyi ot, to’ng’iz, bug’u va tog’ echkilari) … Read More

ALTAKS

ALTAKS, ditio-bisbenztiazol, CMHgN2S4 — rangsiz kristall, organik modda. Suyuqlanish temperaturasi — 186°. Altaks kauchukni vulkanizatsiya qilishda ishlatiladi.

ALT

ALT (italyancha alto — yuqori, baland) — ovoz va soz turi; 1) xor yoki vokal ansamblda partiya, xonanda bolalar yoki ayollar (messo-soprano, kontralto) ning past (yo’g’on) ovozi. Tenordan yuqori yoziladi; … Read More

ALSIFER

ALSIFER — alyuminiy — kremniy — temir tizimidagi qotishma. Magnit singdiruvchanlik xossasi yuqori. Alsifer tarkibida 5,4% alyuminiy (A1), 9,6% kremniy (Si) va 85% temir (Fe) bo’ladi. Alsifer magnit jihatidan yumshoq … Read More

ALPINIZM

ALPINIZM (Alp tog’i nomidan) — sport turi, turli murakkab to’siqlardan o’tib tog’ cho’qqilariga ko’tarilish. Alpinizm uch sinfdan — traverslar (dovon oshish, tog’tizmalari va etaklaridan o’tish), murakkab chiqish (tik tog’larga chiqish) … Read More

ALPARI

ALPARI (italyancha al pare — teng, babbaravar) — qimmatbaho qog’ozlar, valyutalar birja (bozor) kursining nominal (paritet)ga mos kelishi.

ALP TOG’LARI

ALP TOG’LARI — G’arbiy Yevropada, Italiya, Shveytsariya, Frantsiya, Germaniya, Avstriya, Sloveniya va Lixtenshteyn hududida joylashgan tog’lar tizimi. Yer po’stining uchlamchi davr mobaynida ro’y bergan qudratli Alp burmalanishi natijasida vujudga kelgan. … Read More

ALP MINTAQASI

ALP MINTAQASI – tog’lardagi tabiiy balandlik mintaqasi, asosan mo’tadil va subtropik kengliklarda, aksari tog’-o’tloq landshaft tipidan iborat. Subalp mintaqasidan yuqorida joylashgan tog’larning balandroq qismida Alp mintaqasi nival mintaqasi bilan almashinadi. … Read More

ALP BURMALANISHI

ALP BURMALANISHI – asosan kaynozoydagi tektogenez erasi; geosinklinal oblastlarda vujudga kelib, mezozoy va paleogenda rivojlangan. Alp burmalanish natijasida geosiiklinallar burmali tog’larga aylangan. O’sha vaqtda Alp burmali tog’lari (Alp burmalanish nomi … Read More

ALNI QOTISHMALAR

ALNI QOTISHMALAR – temir-alyuminiy—nikel tizimidagi qotishmalar. Magnit xossalari g’oyat yuqori. Alni qotishmalar tarkibida 9-15,5% alyuminiy (Al), 18-24,5% nikel (Ni), qolgani temir (Fe) bo’ladi. Alni qotishmalar magnit jihatdan qattiq qotishmalar jumlasiga … Read More