ALIMENTAR ISITMA

ALIMENTAR ISITMA – emadigan bolalarga to’g’ri kelmaydigan ovqat berish natijasida gavda temperaturasining ko’tarilishi. Ovqatda oqsil ortiqcha bo’lib, suv kam bo’lsa, masalan, quruq yoki quyuq sut yaxshi suyultirilmay berilsa, sog’lom bola … Read More

ALIMENTAR DISTROFIYA

ALIMENTAR DISTROFIYA (lotincha alimentarius — ovqatga aloqador), shish kasalligi — yolchib ovqatlanmaslik oqibatida ro’y beradigan kasallik. Moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi, ozib ketish, darmonsizlik, teri osti yog’ qavati (kletchatkasi)ning shishishi, assit, … Read More

ALIMENT

ALIMENT (lotincha alumentum — qaramog’idagi, boqimidagi) — bir shaxsning boshqa shaxsga majburan yoki ixtiyoriy ravishda to’laydigan nafaqasi. Aliment to’lash majburiyatlari asosan nikoh, qarindoshlik, ota-ona, farzandlik, farzandlikka olish, bolalarni tarbiyaga olish … Read More

ALIMAHSUMOV ORIF

ALIMAHSUMOV ORIF (1927.21.5, Toshkent) — xonanda va sozanda, O’zbekiston xalq artisti (1977). Dastlab buvasi usta Qo’chqordan ommaviy kuy va qo’shiqlarni, xonanda E. Haydarovdan katta ashula, Yu. Rajabiy va F. Sodiqovdan … Read More

ALIMATOV TURG’UN

ALIMATOV TURG’UN (1922.20.1, hozirgi Toshkent viloyati Keles qishlog’i) — sozanda (dutor, tanbur, sato). O’zbekiston xalq artisti (1992). Toshkent pedagogika instituti ishchi fakulteti to’garagida (1937-40) tanbur, g’ijjak (skripka) chalishni o’rgangan. Keyinchalik … Read More

ALIKO’SH

ALIKO’SH — neolit davriga mansub manzilgoh (miloddan avvalgi 8-6-ming yillik). Erondagi Musiyon shahri yaqinida. Amerika ekspeditsiyasi tomonidan 1961 va 1963 yillarda qazishma ishlari olib borilgan. Quyi qatlamlardan paxsa uy qoldiqlari, … Read More

ALIKOR IPAK

ALIKOR IPAK — eski pillakashlikda dukurma pilladan qo’lda tortilgan ipak. U toza pilla ipagidan 5-6 baravar yo’g’on bo’ladi. Undan jujuncha, to’nli shoyi to’qilgan. Pillakashlik mexanizasiyalashgach, dukurmadan ikkinchi navli ipak olinadigan … Read More

ALIKANTE

ALIKANTE — Ispaniyadagi shahar va port, O’rta dengiz sohilidagi kurort. Alikante provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 261 ming kishi (1991). Yog’-moy, tamaki, kimyo, metallsozlik, tsement, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Chetga vino … Read More

«AL-IZOH»

«AL-IZOH» — haftalik diniy, adabiy, ilmiy, siyosiy jurnal. Toshkentda «Ulamo» jamiyati tomonidan chop etilgan. Birinchi soni 1917 yil 19 iyunda chiqqan. Mudarris Abdumalikhoji Abdunabi o’g’li muharrirlik qilgan. Maqolalar ko’proq diniy … Read More

ALIZARIN BO’YOQLAR

ALIZARIN BO’YOQLAR – alizarin va boshqa poligidrooksiantraxinonlar hosilalari. Ularning ko’pchiligi alizaringa nitrat kislota, sulfat kislota va boshqa reaktivlar ta’sir ettirib olinadi. Gazlamalarni qizil, binafsha va pushti ranglarga bo’yashda foydalaniladi. Ko’p … Read More