AKSIRISH

AKSIRISH, tushkirish — organizmning himoya reaktsiyalaridan biri. Yot jismlar (chang, shilliq modda, achchiq, qo’lansa islar va boshqalar) burun bo’shlig’idagi shilliq qavatning nerv hujayralariga ta’sir etishi natijasida Aksirish sodir bo’ladi. Ta’sirlovchilar … Read More

AKSIOMATIK METOD

AKSIOMATIK METOD – aksiomalarga asoslanib ilmiy nazariya qurish usuli. Asos qilib olingan aksiomalar tizimi (aksiomatika) muayyan nazariy tizimda isbotsiz haqiqiy deb qabul qilinadi. Boshqa nazariy bilimlar, xulosalar to’la ravishda aksiomatikadan … Read More

AKSIOMA

AKSIOMA (Yunoncha axioma) — o’z-o’zidan ravshanligi, ayonligi sababli isbotsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr. Deduktiv quriladigan ilmiy nazariyalarda asosiy tushunchalarning boshlang’ich xossalari. Aksiomalar tizimi bilan kiritiladi va bosha hamma xossalar, … Read More

AKSINIT

AKSINIT (Yunoncha axine — bolta; kristalining shaklidan olingan) — mineral. Rangi ko’pincha moviy yoki binafsha rangda tovlanuvchi qo’ng’ir tusda. Kristallar, druzalar, massalar holida bo’ladi. Aksari temir, mis, polimetall, qalay va … Read More

AKSIAL-PORSHENLI NASOS

AKSIAL-PORSHENLI NASOS – rotori aylanma va porshenlari (7-9 ta) ilgarilama-qaytma harakat qiladigan rotorli nasos. Rotorining aylanish o’qi porshenlar o’qi bilan 0-45° burchak tashkil qiladi. Suyuqlikni haydash bosimi — 30 MPa. … Read More

AKSELEROMETR

AKSELEROMETR (lotincha accelero – tezlataman va Yunoncha metreo — o’lchayman) — mashinalar, dvigatellar va hokazolar, kosmik uchish apparatlari, raketalar, samolyotlar va boshqa harakatlanuvchi ob’yektlarda paydo bo’ladigan tezlanishni (o’ta yuklanishni) o’lchaydigan … Read More

AKSELEROGRAF

AKSELEROGRAF (lotincha accelero — tezlataman va …graf) — qayd qilish (yozib borish) qurilmasi bo’lgan akselerometr. Aviatsiya, vibrometriya (titrashni o’lchash) va seysmologiyada qo’llaniladi.

AKSELERATOR

AKSELERATOR (lotincha accelero — tezlataman) — ichki yonuv dvigateliga karbyuratordan tsilindrga keladigan yonuvchi aralashma miqdorini yoki dizellarda nasosdan keladigan yonilg’i miqdorini rostlab turuvchi moslama. Dvigatel valining aylanishlar sonini o’zgartirish (oshirish … Read More

AKS ETTIRISH

AKS ETTIRISH — matematika tushunchalaridan biri. Ikki ixtiyoriy X va Y to’plam hamda biror qonun (qoida) berilgan bo’lib, bu qonunga binoan X ning har bir x elementiga Y ning aniq … Read More